«She-commerce» - Xotin-qizlar uchun bepul kasbiy ta'lim
Bizning vazifamiz
Ishsiz xotin-qizlarga zamonaviy kasblarni o’rgatish va o’z biznesini yo’lga qo’yishga ko’maklashish.
Loyihaning maqsadi
Loyihamizning maqsadi - O’zbekiston, Qozog’iston va Tojikiston fuqarolari, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 1 200 nafar ishsiz xotin qizlarni axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida professional darajada o‘qitish va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishdan iborat. Natijada ayollarning bo‘sh vaqtlaridan foydalanishi, gender tengligi, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi va tadbirkorlik darajasini oshirishdan iboratdir.

Biz ayollarga kasbini rivojlantirish va shu asosida o’z biznesini yaratish uchun ko'maklashamiz. Loyiha ishtirokchilariga o’qish jarayonlari davomida qulaylik yaratish maqsadida ular yashab turgan hudud yoki yashash manziliga yaqin bo’lgan IT markazlarda dars jarayonlari olib boriladi❤️


Bizning kurslarimiz
Kurslar 4 ta modulni o‘z ichiga oladi
Kompyuter savodxonligi
Kompyuter savodxonligi kursi kompyuterda ishlash asoslarini o‘rgatishga qaratilgan. Kompyuter va uning qurilmalarini o‘rganish, klaviatura yordamida matn yozish va amaliy hayotiy vazifalarni bajarish mahoratini egallash: Internetda ma’lumot topish, taqdimot yaratish, avtoreferat yaratish va shu kabi boshqa narsalar.
Elektron tijorat (e-commerce)
Elektron to‘lovlarni amalga oshirish, mijozlar va yetkazib beruvchilarni qidirish, reklama tarqatish, internet ilovalari orqali tovarlarni sotib olish va sotish kabi ko‘plab biznes operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Loyiha davomida elektron tijorat bilan ishlash yuqori darajada o’rgatiladi.
Loyihalarni boshqarish
Bu sizga loyihaning belgilangan maqsad va vazifalariga tez va samarali rishishda yordam beradi hamda ushbu kursdan so‘ng, siz o‘z loyihalaringizni tayyorlashni boshlaysiz.
Marketplacelar
Marketplace (inglizcha onlayn bozor, onlayn elektron tijorat bozori; elektron savdo maydonchasi, virtual savdo maydonchasi) — uchinchi tomon mahsuloti yoki xizmatlari haqida maʼlumot beruvchi onlayn elektron tijorat doʻkoni hisoblanadi. Loyiha yakunida ishtirokchilar mahsulotlar va xizmatlarini taqdim etish uchun optimallashtirilgan onlayn platformada ishlaydilar. Bu onlayn platformada o’z bizneslarini boshlashlari va rivojlantirishlari mumkin.
Darslar qay tarzda o‘tiladi?
1-bosqichda darslar haftasiga 3 marta 2 akademik soatdan o’tiladi.
Haftalik darslar
Haftasiga uch marta 1,5 soat davomida o'tkaziladi.
Sinovlar va uy vazifalari
Uy vazifangizni o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda bajarishingiz va tekshirishga berishingiz mumkin.
Mentorlar bilan ishlash
Har bir talabaga individual yondoshish, har hafta o‘quvchi darajasini tekshirish.
Bizning barcha o‘qituvchilarimiz real hayot tajribasiga ega bo‘lan eng yaxshi dasturchilardir.
Chat yordami
Siz loyiha bo’yicha qiziqtirgan har qanday savollarga javob olishingiz mumkin.
Jamoa bilan ishlash
Elektron tijorat orqali mjiozlar bilan ishlash ular bilan onlayn aloqa orqaki faoliyatlarini kengaytirish.
Faqat aktual bilimlar
Eng zo‘r ishtirokchilar sovg‘alar bilan mukofotlanishi mumkin😉 va bitiruvchilarimiz qo‘shimcha ta‘limsiz ishga joylashishlari mumkin.
BOSHLANISH SANASI
Kurs boshlanishi: 2024-yil aprel
Muddati: 2-3 oy
Yoshi: 18 yoshdan 30 yoshgacha
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring
Loyiha hamkorlari
Biz bilan bog‘laning
Qizlari uchun IT bo‘yicha kurslar